Ko'p beriladigan savollar (FAQ)
1. Saytda qanday buyurtma berish mumkin?
Katalogimizdan o‘zingizga ma’qul kelgan mahsulotni tanlang va buyurtma qoldiring. Menejerimiz tez orada siz bilan bog‘lanadi.
2. Xarid qilish uchun ro'yxatdan o'tish shartmi?
Sizdan ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi. Bizda xarid qilish juda oson: shunchaki mahsulotni tanlang, ma’lumotlaringizni qoldiring va buyurtma bering!
3. Qanday to'lov usullari qabul qilinadi?
Barcha to‘lovlar Markaziy bankning amaldagi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.
4. Texnikani muddatli to'lovga olish mumkinmi?
Katta xaridlarni keyinga qoldirmang! Endi bizning ishonchli hamkorlarimiz orqali mahsulotlarni o‘zingizga qulay muddatli to‘lov (halol muddatli to'lov) asosida xarid qilishingiz mumkin. Xaridingizni bugun rasmiylashtiring, to‘lovini esa bo‘lib-bo‘lib to‘lang.
5. Tovarni tekshirib ko'rgandan keyin to'lash mumkinmi?
Albatta. Naqd to'lovni tanlaganingizda, kuryer hozirligida tovarni ko'zdan kechirib, shundan so'nggina to'lovni amalga oshirishingiz mumkin.
6. Yetkazib berish narxi qancha?
Yetkazib berish muddati va shartlari buyurtma qilingan mahsulot hamda manzilingizga qarab farq qiladi. Barcha tafsilotlarni sotuvchilarimiz yoki hamkorlarimiz orqali aniqlashtirib, kelishib olishingiz mumkin.
7. Tovarni o'zim olib ketsam bo'ladimi?
Ha, buyurtmani rasmiylashtirishda "O'zim olib ketish" variantini tanlab, tovarni markaziy omborimiz yoki do'kondan olib ketishingiz mumkin.
8. Agar tovar shikastlangan bo'lsa nima qilish kerak?
Iltimos, kuryer ishtirokida tovarni diqqat bilan ko'zdan kechiring. Shikastlanishlar aniqlansa, qabul qilishdan bosh torting va biz tovarni almashtirib beramiz.
9. Texnikaga kafolat beriladimi?
Barcha Immer mahsulotlariga 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan muddatga ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolati beriladi.
10. Agar texnika kafolat muddatida buzilib qolsa nima qilish kerak?
Saytimizning "Servis" bo'limida ariza qoldiring. Servis markazi ustasi tashxis qo'yish va bepul ta'mirlash uchun uyingizga boradi.
11. Tovarni qaytarish yoki almashtirish mumkinmi?
Ha, siz sifatli tovarni xarid qilingan kundan boshlab 10 kun ichida, zavod qadog'i, plombalar va chek saqlangan holda qaytarishingiz mumkin.
12. Texnikani kim o'rnatib beradi?
Yirik maishiy texnikani o'rnatish rasmiy servis markazimizning sertifikatlangan ustalari tomonidan amalga oshiriladi.
13. O'rnatish pullikmi?
Ba'zi turdagi texnikalarni standart o'rnatish bepul bo'lishi mumkin (aksiyalar vaqtida). Boshqa hollarda ustaning xizmatlari prays-list bo'yicha to'lanadi.
14. Buyurtmam holatini qanday kuzatishim mumkin?
Buyurtma holatini shaxsiy kabinetdagi "Mening buyurtmalarim" bo'limida tekshirish yoki call-markaz operatoridan so'rash mumkin.
15. Fiskal chek berasizlarmi?
Ha, har bir buyurtmaga rasmiy fiskal chek va do'kon muhri bosilgan kafolat taloni ilova qilinadi.
16. Immer texnikasi qayerda yig'iladi?
Immer texnikasi jahon brendlarining butlovchi qismlaridan foydalangan holda zamonaviy yuqori texnologiyali zavodlarda ishlab chiqariladi.
17. Ehtiyot qismlar sotasizlarmi?
Original ehtiyot qismlar va aksessuarlarni bizning vakolatli servis markazimiz orqali buyurtma qilish mumkin.
18. Kompaniya rahbariyati bilan qanday bog'lanish mumkin?
Biz uchun har bir fikr muhim! Barcha taklif va shikoyatlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga yetkazish uchun +998 (99) 338-00-03 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.